Abstract :Hozirgi vaziyat madaniy va ishbilarmonlik aloqalarining sezilarli darajada
kengayishi va o‘sishi bilan birga xalqaro munosabatlarni bevosita amalga oshirishga
fan va texnikaning turli sohalaridan ko‘plab mutaxassislarni jalb qilishiga sabab
bo‘lmoqda. Tilning madaniyat bilan uzviy bog‘liqli til o‘rganuvchilar uchun faqatgina
grammatika va leksika bilan chegaralanibgina qolmay, balki, nutq etiketining
kommunikativ-pragmatik xususiyatlariga ham murojaat qilish foydadan holi
emasligini yaqqol namoyon qilmoqda.